Bugun, 24 iyun kuni tongda Isroil tomonidan Ğazo şahrining turli hududlariga va Ğazo janubida insonparvarlik yordamini kutayotgan fuqarolar töplangan joylarga uyuştirilgan havo hujumlari oqibatida kamida 24 nafar tinç aholi vakili halok böldi, yana önlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda WAFA xabar berdi.
Naşrga köra, Ğazo şahrining janubidagi Sabra mahallasida bombardimon qilingan uy vayronalari ostidan 5 nafar jasad topilib, ular Aş-Şifo tibbiy majmuasiga yaradorlar bilan birga yetkazilgan.
Şuningdek, Nuseyratda joylaşgan Al-Avdo şifoxonasi manbalarining xabariga köra, Salohiddin köçasida yordam oliş uçun töplangan yuzlab fuqarolarning nişonga olinişi oqibatida şifoxonaga 19 ta jasad va 146 nafar yarador olib borilgan.
Naşr manbalarining bildirişiça, yaralanganlarning 62 nafari oğir ahvolda bölib, ular Ğazo sektorining markaziy qismidagi boşqa şifoxonalarga davolaniş uçun yuborilgan.









