Turkiyaning birinçi, töliq mahalliy resurslar hisobiga “Fergani Uzay Teknolojileri” kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan orbital transport kemasi YTA FGN-TUG-S01 fazoga uçirilib, öz missiyasini boşladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilişiça, kompaniya raisi va texnik rahbari Selçuk Bayroqdor tomonidan asos solingan “Fergani Uzay Teknolojileri” kompaniyasi özining FGN-TUG-S01 orbital transport vositasini 2025 yil 28 noyabr kuni AQŞning Vandenberg havo bazasidan SpaceX Falcon 9 raketasi yordamida muvaffaqiyatli orbitaga uçirgan. FGN-TUG-S01 Turkiya vaqti bilan soat 23:05 da raketadan ajralib, darhol özining birinçi telemetriya maʼlumotlarini uzatib, rasman missiyani boşlagan.
Maʼlumot uçun, FGN-TUG-S01 Turkiyaning birinçi orbital şatakçisi bölib, u özining gibrid raketa dvigatelini bevosita orbitada işga tuşiradigan birinçi transport vositasi hisoblanadi.
Uşbu xavfsiz va samarali gibrid harakatlantiruvçi tizim tufayli kema sunʼiy yöldoşlarni turli orbitalarga köçiriş va ularning xizmat muddatini uzaytiriş işlari bilan şuğullanadi.
Dastlab pastki orbitada (taxminan 500 kilometr) işlaydigan bu vosita, kelajakda kompaniya sunʼiy yöldoşlarini 1000 kilometrdan ortiq yuqori orbitalarga kötariş uçun foydalaniladi.
Turkiyaning ilk orbital transport kemasining bort kompyuteri, avionikasi, quvvat taqsimlaş bloklari va termal nazorat kabi muhim tizimlari töliq “Fergani Uzay” muhandislari tomonidan mamlakatda işlab çiqilgan. Mazkur muvaffaqiyatli uçiriş bilan mamlakat gibrid dvigatelni orbitada sinovdan ötkazgan birinçi davlat bölmoqda.
“Bu missiya Uluğbey milliy global navigatsiya tizimi uçun muhim infratuzilma bazasini yaratadi va kelajakdagi sunʼiy yöldoş turkumlarimizni yaratişga yöl oçadi. Beş yil içida 100 dan ortiq sunʼiy yöldoşni orbitaga joylaştirişni maqsad qilganmiz”, deydi loyiha rahbari Selçuk Bayroqdor.









