Namanganda öğri özining öğli bölib çiqdi

2021 yil 15 mart kuni Namangan şahrida yaşovçi 1963 yilda tuğilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Şu yil 15 mart kuniga ötar keçasi nomaʼlum şaxs xonadonida bölgan temir seyf içidagi 200 AQŞ dollari, 2.058.000 söm pullari va umumiy narxi 1.300.000 sömlik 2 dona tilla uzuk hamda bir juft tilla baldoqlarini öğirlab ketganligini maʼlum qilib, çora körişni söragan.

Namangan şahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB katta tezkor vakillari  tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va suriştiruv harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni birga yaşovçi 1990 yilda tuğilgan öğli sodir etganligi aniqlangan.

Uşbu holat böyiça Namangan şahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 18 mart kuni Öz.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan, deb yozadi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

×