Özbekiston oltin-valyuta zaxirasi 2,3 foizga ösdi

Özbekiston oltin-valyuta zaxirasi 2,3 foizga ösdi

Özbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 noyabr holatiga 35 mlrd 211 mln dollarni taşkil etmoqda. Ötgan bir oyda mamlakatning xalqaro zaxiralari 797,1 million dollarga yoki 2,3 foizga ösdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi.

Özbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (konvertatsiya qilinuvçi xorijiy valyutalarda) miqdori bir oy davomida 466 million dollarga köpayib, 12 mlrd 417 million dollarga yetgan.

Bir oyda Özbekistonning oltin zaxirasi hajmi 325,2 mln dollarga köpayib, 21,66 mlrd dollarga yetgan. Mamlakatning sof oltin zaxirasi oktyabrdagi 12,3 million troy untsiyadan 12,1 million troy untsiyagaça kamaygan.

Markaziy bank maʼlumotiga köra, Özbekistonning sof xalqaro zaxiralari 2021 yil boşiga nisbatan 307,4 mln dollarga köpaygan.

Markaziy bank izohiga köra, mamlakat oltin-valyuta zaxirasining ortişiga oltin narxining oy boşidagi 1730,95 dollardan 1796,30 dollargaça kötarilişi taʼsir qilgan.

×