Özbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

Özbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

Özbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 294 mln dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Markaziy bank Özbekistonning xalqaro valyuta zaxiralariga oid maʼlumotlarni yangilagan. Unga köra, oltin zaxiralari iyun oyida 500 million dollardan ortiqqa (27,31 milliard dollargaça) oşgan. Oltinning fizik hajmi 11,4 million troya untsiyadan 11,7 million troya untsiyagaça (+9,3 tonna) köpaygan. Xorijiy valyuta zaxiralari qiymati 9,23 milliard dollardan 8,43 milliard dollargaça qisqargan.

Hisobot davrida Özbekistonning xalqaro zaxiralari umumiy hisobda qariyb 293,7 million dollarga kamaygan. 2024 yil boşidan beri valyuta rezervlari qariyb 900 million dollarga kamaygan.

May oyida regulyator ilk bor zaxiralarga oid maʼlumotlar tarkibida qimmatli qoğozlar böyiça statistikani taqdim etdi. Unga köra, qimmatli qoğozlar 35 million dollarni taşkil etgan.


Teglar:
×