30 noyabr kuni ertalab Argentinaning Mar-del-Plata şahri markazidagi El Nuevo Mundial kafesi kiriş qismida joylaşgan Lionel Messining haykali butunlay vayron bölgan holda topildi. Bu haqda “La Nacion” naşri xabar berdi.Aybdorlar hali aniqlanmagan, ammo naşrning xabar berişiça, ertalab soat 6 lar atrofida hududda yurgan ikki yigit haykalni itarib yuborgan. Oqibatda haykal yerga qulab, bir neça bölakka bölingan. Haykalning bel qismi singan, şuningdek, Qatar-2022 Jahon Çempionati kubogi ham buzib taşlangan. Haykalning nima sabab buzilgani ham hozirça aniq emas.
Muassasa hozirda haykalni tiklaş mumkinligi va qanday çoralar körilişi kerakligini baholamoqda. Kafe 2018 yilda Messi şarafiga taşkil etilgan bölib, 2022 yilgi Qatar jahon çempionati muxlislari uçun asosiy uçraşuv nuqtasiga aylangan. 2024 yilda Messining haykali turistlar va mahalliy aholi uçun eng köp suratga olinadigan diqqatga sazovor joylardan biriga aylangan edi.
Voqea Messi “Inter Mayami”ni MLS Şarqiy konferentsiya ğolibiga aylanib, MLS kubigi finaliga yöl olgan uçraşuvdan bir neça soat ötib sodir bölgan.









