Koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşni yanada kuçaytiriş böyiça mamlakatimizda barça zarur çoralar körilmoqda. Dunyo miqyosida global muammoga aylangan pandemiya xavfini yumşatiş va uning keng tarqalişini oldini oliş borasidagi eng zarur çoralardan biri bu şubhasiz axolining yaşaş honadonida bölişi, zarur bölgan oziq-ovqat va dori-darmon vositalaridan taşqari holatlarda köçaga çiqmaslik va karantin qoidalariga qatʼiy amal qilişdir. Aks holda qonun doirasida çora körilişiga sabab böladi. Mamalakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarşi keskin çoralar bilan kuraş olib borilayotgan ayni bir paytda, mazkur örnatilgan tartib qoida talablariga hamma ham rioya qilayapdimi degan haqli savol tuğiladi. Ammo oramizda şunday fuqarolar borki, ular nafaqat belgilangan tartib qoidalarga rioya qilmayapti, balki, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda xarakat qilayotganlar xam uçrab turganligi açinarli holatdir. Namangan şahrida istiqomat qiluvçi M. A va A.Alar ana şunday fuqarolardandir.
Huquqbuzarlar A.M va A.A 2020 yil 14 aprel kuni, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarni qastdan mansimasdan, Namangan şahar Paxtakor köçasida A.M va Marğilon köçasida A.A karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişini oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarga zid ravişda, bemaqsad özining boşqaruvida bölgan avtomaşinasida harakatlanib, şaxar IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, katta köçada baqir-çaqir qilib, jamoat tartibini buzib, mayda bezorilik sodir etganlar.
Huquqbuzarlar A.M vaA.Alarning yuqoridagi ğayriqonuniy xatti-xarakatlari Töraqörğon tuman maʼmuriy sudi tomonidan 2020 yil 14 aprel kuni oçiq sud majlisida körib çiqilib, huquqbuzar A.M Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 54-moddasi 2-qismi, 183-moddasi va 194-moddasining 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 34-moddasi tartibida unga nisbatan maʼmuriy qamoq bilan boğliq huquq taʼsir çorasi;
Huquqbuzar A.A Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 54-moddasi 2-qismi, 183-moddasi va 194-moddasining 1-qismida körsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 34-moddasi tartibida bazaviy hisoblaş miqdorini yigirma baravari miqdorida 4.460.000 söm jarima jazosi tayinlandi.
Aziz xamyurtlar, zaruriyat bölmasa uydan çiqmang – uyda qoling. Karantin qoidalariga qatʼiy rioya qiling! Bu bilan Siz özingizni, farzandlaringizni, yaqinlaringizni va butun Özbekiston halqini asragan va koronavirus infektsiyasini tarqalişini oldini olişga juda katta xissa qöşgan bölasiz.
Egamnazar Abdullayev.
Töraqörğon tuman maʼmuriy sudi raisi









