Qozoğiston armiyasi jangovar şay holatga keltiriladi

Qozoğiston armiyasi jangovar şay holatga keltiriladi

Joriy yil dekabr oyining ilk kunlarida Qozoğiston armiyasining barça bölinmalari eng yuqori jangovar şay holatga keltiriladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilişiça, yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan dekabrning dastlabki kunlarida Qozoğiston Qurolli kuçlarining barça bölinmalari öquv signali asosida eng yuqori jangovar tayyorgarlik darajasiga keltiriladi. Şundan söng bölinmalar öquv poligonlari va öquv markazlariga rejalaştirilgan yurişlarni amalga oşiradi.

Alohida qismlar esa havo, temiryöl va avtomobil transporti orqali jangovar tayyorgarlik böyiça kompleks maşğulotlar ötkaziladigan joylarga yetib boradi. Körsatilgan davrda xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida ayrim hududlardagi yöllarda vaqtinçalik harakat çeklovlari joriy etilişi mumkin.

“Fuqarolar va ommaviy axborot vositalari vakillaridan faqat rasmiy manbalarga tayanişni va tekşirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni söraymiz”, deyiladi rasmiy xabarda.


×