Qozoğiston armiyasi WhatsApp va Telegram’dan voz keçdi

Qozoğiston armiyasi WhatsApp va Telegram’dan voz keçdi

Qozoğiston Qurolli kuçlari endi WhatsApp va Telegram örniga mamlakatning milliy messenjeri – Aitu’dan foydalanişni boşlaydi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, avval xizmat yozişmalari WhatsApp va Telegram orqali amalga oşirilgan, bu esa xavf tuğdirişi mumkin. Mudofaa vazirligiga köra, Qozoğiston yurisdiktsiyasida bölgan va maʼlumotlarni saqlaş hamda qayta işlaş talablari böyiça javob beradigan Aitu armiyaning içki aloqalari ustidan töliq nazoratni taʼminlaydi.

U xizmat maʼlumotlarini uzatişda qöllaniladi. Bu qaror Prezident Qosim-Jomart Töqayev topşiriği asosida qabul qilingan bölib, xorijiy platformalardan foydalaniş bilan boğliq xavflarni kamaytirişga qaratilgan. 

Bosqiçma-bosqiç ötiş jarayoni 2025 yilning oxirigaça yakunlanadi. Bu jarayonda qöşinlarning taşkiliy tuzilmasi va mavjud aloqa kanallari hisobga olinadi.

Mudofaa vazirining örinbosari (raqamlaştiriş böyiça) Darhon Ahmediyevning taʼkidlaşiça, mahalliy messenjerga ötiş maʼlumotlarni işonçli himoya qiliş va raqamli suverenitetni saqlaşga yordam beradi. 

“Milliy IT-mahsulotlardan foydalaniş – bu raqamli makonda suverenitetni himoya qilişga qaratilgan umumjahon tendentsiya. Qurolli kuçlarning Aitu’ga ötişi xizmat maʼlumotlari sizib çiqişini istisno etib, maxfiy axborotni munosib darajada himoya qiladi”. deydi vazir örinbosari. 

Maʼlumot uçun, Aitu – Qozoğistonda 2018 yilda işga tuşirilgan raqamli platforma. U messenjer, ijtimoiy tarmoq va tölov xizmatlari funktsiyalarini birlaştiradi – xabar almaşiş va qönğiroqlar, guruhlar va kanallar yaratiş, mini ilovalardan foydalaniş, pul ötkazmalari, xizmatlar va soliqlarni tölaş, şuningdek, davlat xizmatlariga ulaniş imkonini beradi.


×