Prezident loyiha qiymati 504 milliard söm bölgan Zangiotadagi yangi şifoxonani borib kördi

Prezident loyiha qiymati 504 milliard söm bölgan Zangiotadagi yangi şifoxonani borib kördi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 29 may kuni Toşkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan köp tarmoqli maxsus şifoxona qurilişi bilan tanişdi.

Zangiota tumanidagi maxsus şifoxona loyihasining umumiy qiymati 504 milliard söm bölib, 33 gektarda 2 ta kompleks qurilmoqda. Bunda yuqumli kasalliklar xususiyati va zamonaviy tibbiyot talablari inobatga olingan.

Xususan, statsionar joylarning hammasi bokslangan, har bir xona avtonom. Biridagi havo boşqasiga ötmaydi. Ularga kirib-çiqiş ham, xizmat körsatiş ham alohida.  Kasallar kelgaç, qabul bölimidan tambur orqali töğridan-töğri öz palatasiga joylaştiriladi.

Barça korpuslar, bölinmalar toza va notoza yölaklar bilan ajratilgan. Toza yölakdan faqat tibbiy personal öz vazifasini bajariş uçun foydalanadi. Şifokorlar harakatlaniş çoğida sanitar ötkazgiçlar orqali ötadi. Bu barçaning – taşxisi noaniq bölganlar, vraçlar va boşqa xizmatçilarning xavfsizligini taʼminlaş imkonini beradi.

Prezident kasalxonada yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Mutasaddilar bilan suhbatda undan oqilona foydalaniş, tibbiyot xodimlarini rağbatlantiriş muhimligini taʼkidladi.

- Bunday zamonaviy şifoxonani quriş sermaşaqqat, undan samarali foydalaniş esa undan ham qiyin. Şuning uçun bu yerga vraç emas, taşkilotçi odam rahbar bölişi kerak. Xodimlarning maoşi bonus tizimida bölişi zarur. Natija yaxşi bölsa, yaxşi daromad olişsin, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Muassasa 2 ming öringa möljallangan. Lekin 4 ming öringaça transformatsiya qiliş imkoniyati bor.

Prezident qabul bölimi, karantin zonasi, laboratoriya va muolaja xonalari, sanitar-yuviniş joylarini sinçiklab közdan keçirdi.

Videoaloqa orqali Qoraqalpoğiston va viloyatlardagi şifokorlar bilan muloqot böldi. Telemeditsina böyiça kompleks tizim yaratiş, tumanlardan viloyat kasalxonalariga, undan respublika markazlariga boğlaniş imkoniyatini yölga qöyiş, şu bilan birga, tibbiyot xodimlarini bu böyiça öqitib, tajriba almaşuvni kengaytiriş böyiça körsatmalar berildi.

72 örinli reanimatsiya bölimida har bir koyka sunʼiy öpka ventilyatsiyasi va davolaş apparatlari bilan jihozlangan. Bu bölimni kardiologiya, nevrologiya, pediatriya kabi turli yönalişlar böyiça jihozlaş ham mumkin.

Jarrohlik zallariga havo tepadan beriladi va yon tomonlardan söriladi. Natijada doimiy sterillik taʼminlanadi.

Prezident mazkur muassasada iş boşlaydigan tibbiyot xodimlari bilan suhbatlaşdi.

- Mana şunday yangi şifo maskanlari qurib, xususiy tibbiyotni ham rivojlantirib, raqobatli meditsina yaratyapmiz. Endi şunga munosib zamonaviy vraç va hamşiralar kerak. Öz ustingizda tinimsiz işlab, jahondagi yutuqlarni örganib, xalqimizga xizmat qilişingiz lozim, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Laboratoriyada virusologiya, biokimyo va immunologiya, mikrobiologiya, parazitologiya böyiça eng ilğor apparatlar örnatilgan. Masalan, amaldagi polimer zanjirli reaktsiya uskunasi 5 soatda örtaça 40 kişiga taşxis qöysa, bu yerdagi zamonaviy jihozlar 2 soatda 90 ta namunani aniqlaş imkoniyatiga ega. Körpa-töşak va matolar yuvilib, boşqa buyumlar buğ  yordamida dezinfektsiya qilinadi.

Şu yerda viloyat va respublika tibbiyot muassasalari qamrovi hamda hamkorligi haqida taqdimot ötkazildi.

- Köp şifoxonalar, diagnostika markazlari tarqoq joylaşgan. Taşxis qöyiş va davolaş sifati talabga javob bermaydi. Mablağ esa sarflanib yotibdi. Davlatning bir sömi ham xalqimizga nima manfaat beryapti, degan savol har bir işda mezon bölişi kerak, - dedi Prezident.

×