Toşkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqçi bölgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir bölgan. 1989 yilda tuğilgan Z.A.ning 13 yoşli öğli va 10 yoşli qizi bölgan. Turmuşidan ajralgan ayol ijara asosida Çirçiq şahrida yaşab kelgan. Ötkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tuğilgan qiz farzandini 2 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, şundan 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.
Ayol sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirib, bu işga farzandlarini boqişga qiynalgani sababli qöl urganini aytgan.
“Öğlim nogiron, oilada yolğiz boquvçiman. Farzandlarimni internet tarmoğida va Toşkent şahridagi Çorsu bozorida kiyim-keçak sotiş orqali boqib kelganman. Özim qandli diabet kasalligiga çalinganman. Şuningdek, buyragimning ham bir qismi işlamaydi. Şu sababli, oğir mehnat bilan şuğullana olmayman. Farzandlarimni boqişga qiynalganim tufayli qizimni farzandga muhtoj, öziga töq oilaga berişni rejalaştirgandim. Uni sotiş maqsadim bölmagan”, deydi ona.
Jinoyat işlari böyiça Qibray tuman sudi ayolni Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, unga nisbatan 8 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi.









