Davlat qarzi qoldiği 2025 yilning 1 iyul holatiga 43,4 mlrd AQŞ dollarini (şundan, davlat taşqi qarzi – 36,4 mlrd AQŞ doll, davlat içki qarzi – 7 mlrd AQŞ doll) yoki YAIMga nisbatan 34,2 foizni taşkil etdi.
XVJ tomonidan 2025 yil iyun oyida eʼlon qilingan IV modda hisobotida Özbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat körsatiş salohiyati yuqori darajada, davlat qarzi bilan boğliq xatarlar past darajada baholangan.
Davlat taşqi qarzi qoldiği 2025 yil 1 iyulda yil boşiga nisbatan 2 687,5 mln AQŞ dollariga köpayib, 36,4 mlrd AQŞ dollarini yoki YAIMga nisbatan 28,7 foizni taşkil etgan.
Şundan:
- Özbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan taşqi qarz – 31,2 mlrd AQŞ dollarini yoki davlat taşqi qarzining 85,7 foizini;
- Özbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan taşqi qarz – 5,2 mlrd AQŞ dollarini yoki davlat taşqi qarzining 14,3 foizini taşkil etadi.
Davlat içki qarzi qoldiği esa 2025 yilning 1 iyul holatiga 7 mlrd AQŞ dollarini (2025 yil boşida 6,5 mlrd AQŞ dollari) yoki YAIMga nisbatan 5,5 foizni taşkil etgan.
Şundan:
- Davlat ğaznaçilik obligatsiyalari – 45,1 trln söm;
- Davlat kafolatlagan va içki majburiyatlar böyiça Davlat byudjetidan qaytariladigan qarz – 3,4 mlrd AQŞdollarini taşkil etadi.
Qayd etilişiça, davlat qarzining asosiy qismi, yaʼni 93 foizi bir yildan ortiq muddatda söndiriladigan uzoq muddatli hisoblanadi.
Örta muddatli istiqbol uçun makroiqtisodiy prognozlar, tarmoqlarni rivojlantiriş dasturlari va strategiyalarida belgilangan maqsadli körsatkiçlarga asoslangan köp stsenariyli tahlillarga köra, davlat qarzi YAIMga nisbatan 2025-2028 yillarda 35 foiz atrofida şakllanişi prognoz qilinmoqda.









