Endi “Open budget” loyihalarini deputatlar ğolib deb topişi mumkin

Endi “Open budget” loyihalarini deputatlar ğolib deb topişi mumkin

Endilikda “Taşabbusli byudjet” doirasida “Deputatlar taşabbusi” amaliyoti joriy etilib, dastur doirasida ğolib bölmagan loyihalar deputatlar tomonidan ğolib deb topilişi mumkin. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 avgustda qabul qilingan “Taşabbusli byudjet jarayonlarini takomillaştiriş doirasida xalq vakillari va saylovçilar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.

Qarorga köra, xalq vakillari va saylovçilar örtasida hamkorlikni kuçaytiriş maqsadida 2026 yildan boşlab “Taşabbusli byudjet” jarayonlari doirasida ğolib bölmagan loyihalarni deputatlar taşabbusiga köra ğolib deb eʼlon qiliş amaliyoti joriy etiladi.

Bunda:

  • Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari har yili “Taşabbusli byudjet” jarayonlari doirasida tegişli saylov okruglarida ğolib bölmagan loyihalar orasidan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) saylovçilarning manfaatlarini inobatga olgan holda “Oçiq byudjet” axborot portalida tanlaydi;
  • Deputatlar tomonidan tanlangan loyihalar “Oçiq byudjet” axborot portalida avtomatik ravişda ğolib deb topiladi va uşbu loyihalar respublika byudjetidan moliyalaştiriladi.

Portalda deputat taşabbusi asosida moliyalaştiriladigan loyihalar uçun alohida sahifa taşkil etilib, şu turdagi barça loyihalarning jamoatçilik uçun oçiq röyxati yuritiladi.

Uşbu xarajatlarni moliyalaştiriş uçun har bir deputatga bir yilda ikki mavsum uçun bazaviy hisoblaş miqdorining sakkiz ming baravari miqdorida (amalda 3,3 mlrd söm) mablağ har yilgi Özbekiston Respublikasi respublika byudjetida nazarda tutiladi.


×