Bugun, 15 iyuldan “Oçiq byudjet” portalida “Taşabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritiş bosqiçi boşlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Jarayonlar quyidagi sanalarda:
- Loyiha kiritiş bosqiçi – 15 iyul – 3 avgust;
- Saralaş bosqiçi – 4–18 avgust
- Tarğibot bosqiçi – 19–21 avgust;
- Ovoz beriş bosqiçi – 22–31 avgust kunlari ötkaziladi.
“Öz hududingizdagi mavjud muammolarni hal etiş böyiça taşabbus körsating, faol böling”, deyiladi xabarda.
Joriy yildagi 2-mavsum ğoliblari 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami kuni eʼlon qilinadi.
Qayd etilişiça, “Taşabbusli byudjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025 yilning 1-mavsumida (ikkata mavsumda ketma ket) ğolib bölgan 823 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumida tanaffus beriladi.
Mazkur mahallalar (şuningdek, uşbu mahallalarda joylaşgan maktab, boğça, tibbiyot muassasalari va boşqa taşkilotlar) navbatdagi ikki mavsum doirasida öz loyihalari bilan iştirok eta olmaydi.
Tanaffus beriladigan mahallalarning töliq röyxati bilan quyidagi havola orqali tanişiş mumkin: röyxat.
Ğoliblar röyxatiga aniqlik kiritilgan hollarda har mavsum boşlanişidan avval tanaffus berilayotgan mahallalar röyxati Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sahifalari hamda “Oçiq byudjet” portalida eʼlon qilib boriladi.
Maʼlumot uçun: Namangan şahar – “Daştboğ", Kogon şahri – “Nurafşon” va Şumanay tumani – “Begjap” mahallalarining 2025 yil 1-mavsumdagi loyihalari rad etilgani sababli uşbu mahallalarga tanaffus berilmaydi.









