Endi tonirovkani qölda sozlaş mumkin

Endi tonirovkani qölda sozlaş mumkin

Xitoyning displeylar işlab çiqaruvçi «BOE» kompaniyasi avtomobillar oynasi tonirovkasini qölda sozlaş mumkin bölgan texnologiya yaratdi. «RIA Novosti» yozişiça, texnologiya «Smart Dimming» nomi ostida taqdim etilmoqda.

Bu texnologiya yordamida maşina egasi oynani öziga moslab qoraytira oladi. Bunga oynaga tortilgan kuçlanişni özgartirib erişiladi. Işlab çiqaruvçiga köra, boşqariluvçi qatlamning şaffoflik darajasi yuqori. Qolaversa, bu oyna kam tok yeydi.

Tonirovka avtomobildagi sensorli interfeys yoki mobil ilova yordamida boşqariladi.

Taʼkidlanişiça, turdoş mahsulotlardan farqi, «Smart Dimming» oynaning butun yuzasini egallamaydi. U  quyoş nurini tösuvçi anʼanaviy moslama vazifasini ham bajarib berişi mumkin.

Kompaniya öz «aqlli» oynasi avtomobillardan taşqari, poyezdlar va samolyotlarga ham töğri kelişini taʼkidlagan.

×