Endi hokimlarni deputatlar tasdiqlaydi

Endi hokimlarni deputatlar tasdiqlaydi

2022 yil martgaça tuman va şahar hokimi lavozimiga nomzodlar mahalliy deputatlar tasdiği bilan lavozimga tayinlanadi. Bu yilgi davlat dasturida şu haqdagi hujjat loyihasi işlab çiqilişi topşirilgan.

Unga köra, mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida şakllantirişning huquqiy asoslarini yaratiş belgilangan. Yaʼni hokimlikka nomzod mahalliy Kengaşda hududni rivojlantiriş böyiça öz dasturini himoya qilib, lavozimga tasdiqlanişi kerak böladi.

Şuningdek, mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, mahalliy Kengaşlarning Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy bölinmalari bilan aloqalari mustahkamlanadi.

Hududlarda amalga oşiriladigan davlat organlarining vazifalari böyiça «vakolatlar reyestri»ni şakllantiriş, takrorlanadigan 500 dan ortiq funktsiyalarni maqbullaştiriş ham rejaga kiritilgan.

Bundan taşqari, mahalliy hokimliklarning har bir vazifa ijrosi, şuningdek, sarflanayotgan mablağlar yuzasidan jamoatçilik oldidagi hisobdorligi oşiriladi.

×