Prezident öqituvçilarning oyligini oşirişga vaʼda berdi. Qirğizistonda!

Prezident öqituvçilarning oyligini oşirişga vaʼda berdi. Qirğizistonda!

Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov öqituvçilarning maoşini oşirişga vaʼda berdi. Bu haqda u bugun, 29 avgust kuni Öş şahrida Valentina Tereşkova nomidagi yangi maktab internati binosining oçiliş marosimi söz oçdi.

“Endi nafaqat taʼlimning tuzilişi, balki uning mazmuni ham özgaradi. Yangi maktablar, yangi darsliklar va metodik dasturlar bilan birga biz pedagoglarning iş haqini ham oşiramiz”, deydi Qirğiziston Prezidenti.

U uşbu taʼlim muassasasi – birinçi ayol kosmonavt nomini olgan maktab zamonaviy körinişda qayta tiklangani va öquvçilarni qabul qilişga tayyor ekanini taʼkidlagan.

“Barçani mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida uşbu muhim voqea bilan tabriklayman. Yangi bilim maskani ilm va ezgu yutuqlar manbai bölsin”, deydi Japarov.

Prezident matbuot xizmatiga köra, mazkur maktab 1964 yilda qurilgan va Tereşkovaning parvozi şarafiga uning nomi berilgan. Ilk yillardan boşlab u ijtimoiy missiyani bajargan – janubiy hududlardagi köp bolali va kam taʼminlangan oilalar farzandlarini taʼlim bilan taʼminlagan. Uning bitiruvçilari orasida deputatlar, vazirlar va jamoat arboblari bor. Qirğiziston Davlat xavfsizlik qömitasi rahbari Qamçibek Taşiev ham uşbu maktab bitiruvçisi bölib, 2022 yilda yangi bino qurilişi taşabbusini ilgari surgan. 2,3 gektar maydonda 700 örinli öquv korpusi va 500 örinli yotoqxona bunyod etilgan.

Sadir Japarov, şuningdek, mamlakatda olib borilayotgan taʼlim islohotlarini eslatib ötgan: maktablarda 12 yillik öqişga ötiş, yangi standartlarni joriy etiş va dasturlarni yangilaş. Qirğizistonda öqituvçilarga 27 mingta noutbuk topşirilgan. 2025-2026 öquv yilida yangi darsliklar uçun 744 mln söm ajratilgan.

Japarov Tereşkova nomidagi maktabning oçilişi butun mamlakat böylab 100 ta ijtimoiy obʼekt – maktablar, boğçalar, şifoxonalar, madaniy va sport markazlari foydalanişga topşirilişi bilan bir paytda amalga oşganini aytib ötgan.

Maʼlumot uçun, oçiq manbalardagi maʼlumotlarga köra, Qirğizistonda öqituvçilarning örtaça oylik maoşi 42 500 qirğiz somini (taxminan 6 mln söm) taşkil etadi.


×