Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu öng qanot koalitsiyasidagi hamkorlariga HAMAS bilan sulhning birinçi bosqiçidan söng Ğazo sektorida harbiy operatsiyani qayta boşlaşga vaʼda berdi. Bu haqda manbalarga tayanib, “The Washington Post” naşri xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, Netanyaxuning ayrim ittifoqçilari HAMAS bilan otişmalarni töxtatiş böyiça kelişuvni erta qabul qilingan qaror deb baholagan va hukumatdan çiqiş bilan tahdid qilgan. Xususan, Isroil Milliy xavfsizlik vaziri va “Otsma Yehudit” (Yahudiy kuçlari) partiyasi yetakçisi Itamar Ben-Gvir bunga oçiqçasiga norozilik bildirgan. Şuningdek, Moliya vaziri Betsalel Smotriçning “Diniy sionizm” partiyasi hukumatda qolişini “jangning kuçaytirilib, töliq ğalaba qozonilmagunça yangi şaklda davom etişi” şartiga boğlagan.
Şuningdek, Netanyaxuning öng qanot fraktsiyalari bilan muzokaralari davomida Isroil hukumati joriy yilning 18 yanvar keçasi HAMAS bilan otişmalarni töxtatiş böyiça kelişuvga ovoz berişni keçiktirgan. Parlament tomonidan kelişuv ratifikatsiya qilinişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Qatarning vositaçiligida Isroil va HAMAS otişmalarni töxtatiş böyiça rasmiy kelişuv imzolagani xabar qilingandi. Uşbu kelişuv 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumi bilan boşlangan 15 oylik jangovar harakatlarga barham beriş maqsadini közlaydi. Birinçi bosqiçda HAMAS 33 nafar asosan ayollar, bolalar, qariyalarni ozod qilişni möljallagan. Buning evaziga Isroil yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qiladi.
Kelişuvga köra:
- Isroil Qurolli kuçlari (TSAXAL) Ğazo sektoridagi köplab hududlarni tark etadi, biroq Ğazo va Misr çegarasidagi Filadelfiya yölagi hamda Isroil va Ğazo örtasidagi bufer zonada faoliyat yuritişda davom etadi;
- Ğazo aholisi öz uylariga qaytiş imkoniga ega böladi;
- Keyingi bosqiçda erkaklar va qolgan garovdagilarning jasadlari qaytarilişi kutilmoqda;
- Yakuniy bosqiç Ğazoning uruşdan keyingi tiklanişiga qaratilgan böladi.









