Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroşenko amaldagi Prezident Vladimir Zelenskiyning qudratiga qarşi çiqqanlarni birlaşişga çaqirdi. Bu haqda u Kiyev ayeroporti oldida öz tarafdorlari qarşisidagi çiqişida söz oçgan.
"Biz Poroşenkoni himoya qiliş uçun emas, biz birlaşiş va Ukrainani himoya qiliş uçun keldik", dedi sobiq prezident.
Uning qayd etişiça, uni nafaqat özining “Yevropa birdamlik” partiyasi, balki Ukrainaning amaldagi hukumatiga qarşi bölgan boşqa siyosiy kuçlar ham qöllab-quvvatlaydi.
“Boşqa siyosiy demokratik kuçlar vakillarining biz bilan birga bölişi juda muhim, bu hozir bizning birlaşuvimiz ramzidir, çunki endi biz birlaşib, birlaşgan Ukraina kuçli ekanini körsatişimiz kerak”, deydi Poroşenko.

Uning taʼkidlaşiça, kuçli Ukraina Rossiyani çekinişga majbur qila oladi. U mamlakatning amaldagi hukumati vakillari munosib jazoga tortilişiga vaʼda berdi.









