4 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan telefon orqali suhbatlaşdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, muloqot davomida sönggi kunlarda Yaqin Şarqda kuzatilayotgan jarayonlarning keskin tus olişi mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik hamda davlatlararo munosabatlarga jiddiy putur yetkazayotgani alohida taʼkidlangan.
Butun musulmon ummati uçun muqaddas bölgan Ramazon oyida mamlakatlar suvereniteti, fuqarolar tinçligi hamda osoyiştaligiga xavf tuğdiradigan har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan töxtatiş, nizo va muammolarni tinç va diplomatik yöllar bilan hal etiş zarurligi qayd etilgan.
Mamlakat yetakçisi bunday sinovli damlarda Iordaniya rahbariyati va xalqi bilan yakdil va birdamligini taʼkidlagan.
Öz örnida Iordaniya Podşohi uşbu sinovli kunlarda çin döstlik, samimiy qöllab-quvvatlaş va hamjihatlik sözlari uçun Prezidentga çuqur minnatdorlik izhor etgan. Yaqin istiqbolda Ammanga bölajak oliy darajadagi tarixiy taşrif yuksak saviyada va sermahsul ötişiga qatʼiy işonç bildirgan.









