Toşkentda ötayotgan Osiyo çempionatidan Özbekiston jamoasi çetlatildi

Toşkentda ötayotgan Osiyo çempionatidan Özbekiston jamoasi çetlatildi

Ayni kunlarda Toşkent şahrida gandbol böyiça U-20 qizlar jamoalari örtasida XVIII Osiyo çempionati ötkazilmoqda. Özbekiston qizlar jamoasidagi baʼzi aʼzolarning yoşi bilan boğliq mojarolar tufayli ular çempionatdan çetlatildi. Bu haqda Özbekiston gandbol federatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, jamoa aʼzolari Anastasiya Xudoyorova (19 yoş), Sevinç Erkaboyeva (20 yoş) va Sabina Mullayevaning (20 yoş) hujjatida noaniqlik aniqlangan. Bu gandbolçilar 2024 yili Makedoniya davlatida bölib ötgan Jahon çempionatida ham iştirok etgan. Toşkentda uyuştirilayotgan 18-Osiyo çempionati nizomining 1.2.ye. bandida öyinçilarning yoş toifasi 20 yoş qilib belgilangan. Osiyo gandbol federatsiyasining eʼtirozi şundaki, ularning 2026 yilgi Jahon çempionatida iştirok eta olmasligini inobatga olib, jamoani final bosqiçidan çetlaştirgan va guruhdagi barça natijalari bekor qilingan.

Özbekiston gandbol federatsiyasi bu borada Xalqaro gandbol federatsiyaga appellyatsiya xati jönatgan. Qayd etiş joiz, turnir davomida Özbekiston qizlari Xitoy Taypeyi jamoasini 29:27 hisobida, qitʼaning eng kuçli jamoalaridan biri hisoblangan Xitoy termasi bilan esa tengma-teng öynab, 25:29 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Maʼlumot uçun, Osiyo çempionati joriy yilning 20-29 avgust kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan.


×