Vazir, vazir örinbosarlari va boşqa mansabdorlar mukofotlandi

Vazir, vazir örinbosarlari va boşqa mansabdorlar mukofotlandi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bir guruh davlat xizmatçilarilarini mukofotladi. Ular orasida bir nafar vazir, vazir örinbosarlari va qömita raislari ham bor. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, davlat rahbarining farmoni bilan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatov hamda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisi Jamşid Tursunov “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan quruvçi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Vazir Hidoyatov ötgan yilning 17 iyul kuni soğligi tufayli lavozimidan ozod etilgan sobiq vazir Botir Zokirovning örniga vazir vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi. Tayinlovga qadar vazirning birinçi örinbosari bölgan.

Şuningdek, Prezident Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovni “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan mukofotladi. Vahobov 2022 yilning mart oyida uşbu lavozimga tayinlangandi.

“Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan esa Soliq qömitasi raisining örinbosari Jahongir Abdiyev, Kadastr agentligi direktorining örinbosari Tölqin Abdullayev, Sport vaziri örinbosari Murod Ismoilov, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Şuhrat Kodirov, Suv xöjaligi vaziri örinbosari Rustam Qarşiyev, Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Gulnora Rahimova, Raqamli texnologiyalar vazirining birinçi örinbosari Olimjon Umarov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinçi örinbosari Nozimjon Xolmurodov, Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Kaxramon Yöldoşev taqdirlandi.


×