2025-2026 öquv yili 1-kurslar uçun 3 sentyabr, yuqori kurslarga esa 8 sentyabr kunidan boşlanadi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, vazirlikning tegişli buyruği bilan oliy taʼlim taşkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025-2026-öquv yilini boşlaş sanalari tasdiqlangan.
Unga köra:
- akademik litseylarning barça bosqiç öquvçilari va oliy taʼlim taşkilotlarining 1-bosqiç talabalari uçun dars jarayonlari 2025 yilning 3 sentyabr kunidan;
- oliy taʼlim taşkilotlarining 2- va undan yuqori bosqiç talabalari uçun 8 sentyabr kunidan boşlanadi.
Qöşimça qilinişiça, oliy taʼlim taşkilotlarida birinçi bosqiçga qabul qilingan talabalar uçun “Kredit taʼlimi tizimiga kiriş” haftaligi hamda “Talabalikka bağişlov” tadbirlari taşkil etiladi.
Haftalik doirasida talabalarni oliy taʼlim taşkiloti faoliyati bilan taniştiriş, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tuşuntiriş hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlaş, talabalarda mustaqil taʼlim könikmalarini şakllantiriş, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda şaxsiy rivojlaniş masalalari yuzasidan tarğibot-taşviqot işlari amalga oşirilişi közda tutilgan.









