Özbekistonda oliy taʼlim muassasalarining birinçi kurs talabalari öqişi anʼanaga köra sentyabr oyida emas, balki oktyabr oyida boşlanişi mumkin. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötgan brifingda maʼlum qilindi.
Brifingda mamlakatdagi epidemiologik vaziyat önglanmasa, OTMga kiriş imtihonlari surilişi mumkinmi, degan savol bilan murojaat qilindi. Uşbu savolga Davlat test markazi direktori Majid Karimov quyidagiça javob berdi:
“Bu jarayonni oldindan aytib bölmaydi. Test – OTMga kiriş uçun ötkaziladigan sinov. Yuqori kurslarning darsini vaqtliroq boşlaş mumkin. 1-kurslarni oktyabrda boşlaş mumkin. Respublika maxsus komissiyasi vaziyatga qarab takliflar asosida qaror qabul qiladi.
OTMga test sinovlarisiz qabul qilinişi mumkin emas. Komissiya qarori bilan yakuniy xulosa maʼlum qilinadi”.
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlari onlayn şaklda ötkazilişi haqida gap-sözlar tarqalgandi. DTM keça, 8 iyul kuni bu böyiça bayonot bilan çiqib, gap-sözlarni rad etdi.
Majid Karimov kiriş imtihonlari qay tartibda ötkazilişiga ham aniqlik kiritdi.
“Hozirda oliy taʼlim muassasalariga kiriş test sinovlari ötkaziladigan 70 ta binoda tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Binolarni jihozlaş işlari şu yilning 20 iyuliga qadar yakunlaş rejalaştirilgan.
Binolarda bir vaqtda 840 ta guruh uçun, yaʼni ijtimoiy masofani saqlagan holda 25 200 nafar abituriyentga joy tayyorlanmoqda.
Abituriyentlar test sinovi ötkaziladigan hududga dezinfektsiya yölakçasi orqali, tana harorati tekşirilib, tibbiy niqob va rezina qölqopda kiritiladi”, deydi DTM direktori.









