AQŞ endi trak haydovçilari uçun işçi viza bermaydi

AQŞ endi trak haydovçilari uçun işçi viza bermaydi

AQŞ tijorat yuk maşinalari haydovçilari uçun işçi vizalarini berişni töxtatdi. Bu haqda keça, 21 avgust kuni AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida maʼlum qildi. 

Uning aytişiça, mazkur özgariş darhol kuçga kirdi.

“Biz zudlik bilan tijorat yuk maşinalari haydovçilari uçun işçi vizalarini berişni töxtatamiz. AQŞ yöllarida katta tirkamali yuk maşinalarini boşqaradigan xorijlik haydovçilar sonining köpayişi amerikaliklar hayotini xavf ostiga qöymoqda va ularning tirikçiligiga putur yetkazmoqda, deb yozdi Rubio.

SBS NEWS maʼlumotlariga köra, bu qaror barça mamlakat va millatlarga taalluqli bölib, muayyan bir davlatga qaratilmagan. 

“Sönggi oylarda Tramp maʼmuriyati haydovçilar ingliz tilini yaxşi gapiriş va öqiş talabini kuçaytiriş çoralarini kördi. Transport departamentining maʼlum qilişiça, maqsad — yöllarda xavfsizlikni oşiriş, çunki baʼzi halokatli hodisalarga haydovçilarning belgilarni öqiş yoki ingliz tilida muloqot qiliş qobiliyati yetarli emasligi sabab bölgan”, deyiladi uning maʼlumotida.

Şu jumladan, “Associated Press” savoliga yozma javobda Davlat departamenti barça AQŞ vizasi egalari, şuningdek, turli mamlakatlardan kelgan köplab turistlar ham, “uzluksiz nazorat” ostida ekanini qayd etgan.


Teglar:
×