Rossiyada Markaziy Osiyo fuqarolari uçun viza rejimini örnatiş taklif qilindi

Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uçun vaqtinçalik viza rejimini joriy etiş taklif qilindi. “Adolatli Rossiya – vatanparvarlar – Haqiqat uçun” partiyasi yetakçisi Sergey Mironov şunday taşabbus bilan çiqdi. 

Siyosatçi özining Telegram sahifasida MO fuqarolari uçun viza joriy etilişi 3 muhim muammoni hal qilişini keltirib ötgan.

Uning sözlariga köra, viza rejimi mehnat migratsiyasi oqimini kamaytiradi, bu esa jinoyatçilik bilan boğliq vaziyatni barqarorlaştiradi. Şuningdek, taşrif buyuruvçilar sonining kamayişi “Rossiyaga koronavirusning yangi ştammlari kirib kelişi ehtimolini imkon qadar kamaytirişga” yordam beradi. Eng asosiysi esa, Rossiya iqtisodiyoti arzon muhojir mehnatidan himoyalanadi.

“Arzon işçi kuçi biznesni buzadi, iş haqini oşiriş, işçilarni qayta tayyorlaş va jihozlarni yangilaş uçun pul tejaş imkonini beradi. Moskva hukumati bu muammoni töğri şakllantirdi: quriliş maydonida ikki-uç barobar kam odam işlaşi kerak, ular ikki-uç barobar tezroq qurişlari va uç barobar köproq olişlari kerak. Bunday yondaşuv iqtisodiyotning boşqa hududlari va tarmoqlariga ham tatbiq etilişi zarur, şunday qilib migratsiya siyosatini kuçaytiriş lozim”, deydi Mironov.

Siyosatşunosning sözlariga köra, 2024 yilgaça Rossiyaga kamida 5 million mehnat muhojiri jalb etilişi kerak. Iyun oyida Boş vazir örinbosari Marat Xusnullin uy-joy qurilişi sohasida milliy maqsadlarga erişiş böyiça mintaqa rahbarlari bilan uçraşuvda bu haqda gapirib ötgan. Joriy yilning oktyabr oyida Tojikiston va özbekistonlik muqaddam  deportatsiya qilingan 300 ming muhojirga nisbatan amnistiya eʼlon qilingan edi. Uning taʼkidlaşiça, Rossiyaga mehnat kerak. Postsovet makonini integratsiyalaş kursi eʼlon qilinini u davlat siyosati, deya atadi.

×