Özbekistonda saratonni 99 foiz davolovçi dori yaratilgani rad etildi

Özbekistonda saratonni 99 foiz davolovçi dori yaratilgani rad etildi

Avvalroq, özbek olimlari tomonidan onkologik kasalliklarni 99 foizgaça davolaş imkonini beruvçi yangi preparat işlab çiqilgani haqida xabar bergan edik. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi mazkur maʼlumot yuzasidan bayonot berib, uşbu xabarlar haqiqatga töğri kelmasligini maʼlum qildi.

Aytilişiça, bu dori vositasi radiofarmpreparat sifatida AQŞ, Yevropa va Osiyo davlatlarida faqatgina prostata bezi va neyroendokrin ösmalar diagnostikasi va muolajasida qöllaniladi.

Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boş şifokori, tibbiyot fanlari doktori Doniyor Nişonov uşbu dori haqida maʼlumot berib, bu preparat vaqtinçalik vosita ekanini aytib ötgan.

“Xorijiy tajribaga asoslangan holda şuni aytiş mumkinki, uşbu vosita prostata bezi saratonining 4-bosqiçida suyakda metastazlaniş jarayonidagina işlatiladi. Bu preparat vaqtinçalik vosita hisoblanadi va bemorlarning hayotini uzaytirişga imkoniyat yaratadi”, deydi u.

Qayd etilişiça, preparat şu kungaça mamlakatimizdagi bitta tibbiyot muassasasida faqat 3 nafar bemorda qöllanilgan hamda mutaxassislar fikriga köra, xasta insonlarda ösma öçoqlari (metastazlar) va ularni bezovta qilayotgan oğriqlar sezilarli darajada kamaygan. 

Şu bilan birga, har qanday yangi dori vositasi amaliyotda foydalanilişidan toki samarasi tasdiqlanişiga qadar turli izlanişlar, örganişlar olib borilişi va samaradorligi töğrisida tegişli xulosalar qilinişi uçun uzoq vaqt talab etilişi qöşimça qilingan. 

“Afsuski, dunyoda barça saraton kasalliklarini töliq davolay oladigan universal dori vositasi hozirça mavjud emas. Şundan kelib çiqib, ommaviy axborot vositalaridan insonlar hayoti bilan boğliq bu kabi muhim yangiliklarni jamoatçilikka yetkazişda eʼtiborli bölişlarini sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.


×