Özbekiston çegarasi yaqinida otişma yuz berdi. Halok bölganlar bor

Özbekiston çegarasi yaqinida otişma yuz berdi. Halok bölganlar bor

Afğonistonning Özbekiston bilan çegaradoş Balx viloyati Şörtepa tumanida tolibon mahalliy politsiyadan hokimiyatni tortib olişga harakat qildi. 1 oktyabr kuni bölib ötgan töqnaşuvlarda yaralanganlar, halok bölganlar ham bor. Bu haqida TOLO naşri xabar bermoqda.

Balx viloyati politsiya matbuot kotibi Munir Ahmad Farhodning aytişiça, voqea tolibon mahalliy politsiya idorasiga hujum qilgan. Biroq mahalliy kuçlar ular zarbasiga doş bergan hamda tez orada yetib kelgan qöşimça kuçlar natijasida politsiya ustunlikni özida saqlab qolgan.

Eslatib ötamiz, Şörtepa Balx viloyati tarkibiga kiruvçi 15 tumandan biri bölib, bevosita Özbekiston bilan çegarada joylaşgan hisoblanadi.

Manba: sof. uz

×