Qamoqxonada otişma yuz berdi. 100 dan ortiq qurbon bor

Qamoqxonada otişma yuz berdi. 100 dan ortiq qurbon bor

Ekvador ğarbidagi Guayakil şahrida joylaşgan qamoqxonada joriy yilning 28 sentyabr kuni yuz bergan otişma oqibatida 116 kişi halok böldi va 80 kişi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Gilermo Lasso maʼlum qildi.

“Bu juda fojiali voqea. Hozirgi vaqtda 116 kişi halok bölgani va 80 ga yaqin odam jarohatlangani maʼlum böldi. Ularning barçasi mahbuslar”, degan Lasso matbuot anjumanida.

Lassoning sözlariga köra, u “tartibni tiklaş va yangi zöravonlikning oldini oliş” maqsadida mamlakat jazoni ijro etiş tizimida 60 kunga favqulodda holat eʼlon qiliş töğrisidagi farmonni imzolagan.

“Biz boşqa jazoni ijro etiş muassasasida tahdid haqida maʼlumotga ega emasmiz, lekin bu qamoqda va bir yoki ikki yil oldin boşqa qamoqxonalarda sodir bölgan voqealarni hisobga olganda bu sodir bölişi mumkin”, degan davlat rahbari.

Maʼlumot uçun, Guayakildagi qamoqxonada turli guruhlar örtasidagi kelişmovçilik otişmaga sabab bölgani aytilmoqda. Hozirda vaziyat nazoratga olingan.

×