Deputatlar va Özavtomotors işida yangi öyinçi: Alişer Qodirov ÖzLiDePni aybdor sifatida köryapti

Deputatlar va Özavtomotors işida yangi öyinçi: Alişer Qodirov ÖzLiDePni aybdor sifatida köryapti

Avvalroq bir guruh deputatlar “Özavtomotors” kompaniyasi ustidan Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasiga deputatlik sörovi kiritgan edi. Qömita xalq vakillarining sörovini örganib çiqib, monopol kompaniya narxlarni asossiz oşirganini tasdiqlagan edi. Bu haqda sörov yuborgan deputatlardan biri Doniyor Ğaniyev maʼlum qildi. Ğaniyevga köra, avtomobillar narxlari 3 mln sömdan 19 mln sömgaça asossiz oşirilgani aniqlandi. 

Uşbu xabardan bir kun ötgaç, 20 avgust kuni Özavtomotors "avtomobillar narxini tuşiriş imkonsizligini", kompaniya özining sudga murojaat qiliş huquqidan foydalanişni rejalaştirgani haqida xabar berdi. 

UZAUTOMOTORS işida jinoyat alomatlariga baho beriş böyiça Boş prokurorga deputatlik sörovi kiritildi

Bugun, 24 avgust kuni "Milliy tiklaniş" demokratik partiyasi yetakçisi Alişer Qodirov uşbu voqealarga munosabat bildirdi: 

“Özavtomotors”ning yagona aktsiyadori “Özavtosanoat”. “Özavtosanoat”ni yagona aktsiyadori Hukumat. Hukumat saylovlarda eng köp ovoz olgan ÖzLiDePning tavsiyasi bilan şakllangan..."

Alişer Qodirov xabarining birinçi xatboşisini öqib nahotki "Qodirov maşinalar qimmatligi sababini Uzautomotors'dan emas, hukumatdan söraşni tavsiya qilayotgan yoki özi çetdan keltirilayotgan avtomobillarga davlat bojini pasaytiriş (butunlay olib taşlaş)ni talab qilayotgan bölsa", deb öyladim. Qodirov fikrlarini öqişda davom etarkanman, notöğri öylaganimni tuşundim. Qodirov öz "ijrosida", u bunaqa taklifni ham fikrni ham bermagan. 

"ÖzLiDeP “Özavtomotors” masalasini özi tavsiya qilgan Hukumatga emas, Hukumatga hisobdor bölmagan Raqobat qömitasi va Prokuraturaga arz qildi. Bu işonçsizlikka sabab nima?

Muammoni sud tartibida körib çiqilişi albatta juda yaxşi, xalq haqiqiy holatdan xabardor böladi, lekin sudning qarori qanday bölişidan qatʼiy nazar, ÖzLiDeP bu muammoni avval Hukumat bilan muhokama qilişi kerak edi. Çunki monopolistlar bilan boğliq muammo faqat "Özavtomotors"da tugamaydi. Xalqqa qimmat avtomaşina sotib zarar yetkazayotgan monopolistni sudga berib, tannarxidan arzon elektr energiya va gazni sotib, zararini byudjet mablağlaridan qoplab kelayotgan boşqa monopolistni boşini silab rivojlanib bölmaydi. Bozor talab va taklifga tayanib, manfaat uçun işlab çiqaradi. Hamma narsa şaffof bölişi kerak. Har ikki holat ham Özbekistonning rivojiga xizmat qilmaydi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar monopoliyalarni bosqiçma-bosqiç tugatiş, bozorga moslaştiriş, JSTga aʼzolik şaroitida raqobatga tayyorlaşni maqsad qilgan. Biz hali töliq bozor talablariga javob beradigan iqtisodiyotga ega emasmiz. Hukumat murakkab muvozanatni uşlab turiş uçun nostandart qarorlar bilan işlaşga majbur bölayotganini rad etib bölmaydi. Şunday şaroitda özi tavsiya qilgan Hukumatning bu masaladagi fikrini eşitmasdan şovqin kötariş, uzoqni öylamasdan iş qilişdan boşqa narsa emas.

Tasdiqlanmagan xabarlarga köra, aynan şu munozara sababli “Özavtomotors”ning xorijiy hamkori tomonidan yirik loyiha töxtatib qöyildi. Bu minglab vatandoşlarimiz uçun rejalaştirilgan iş örinlari edi. Daʼvo qanoatlantirilsa, yaxşi, avtomobil narxlari muvofiqlaştiriladi, xaridorlarga yetkazilgan zarar qoplab beriladi...

Qanoatlantirilmasaçi?!

Mamlakatning avtomobilsozlik sohasida yöqotişlar, yetkazilgan zararni qoplaş uçun Raqobat qömitasi rahbariyatining isteʼfosi yoki yetakçi partiyaning uzri yetarli böladimi?

Qaror qanday bölişidan qatʼiy nazar ötgan beş yillikda ham, bu beş yillikda ham Hukumatni tavsiya qilgan (şu davr içida avtomobil narxini belgilab bergan) ÖzLiDeP bu mojarodan xalq işonçini suisteʼmol qilayotgan bölib çiqaveradi".

Alişer Qodirov Toşkentda qayta taʼmirlangan bosqinçilar butxonasidan maʼno izladi

«Mendan heç narsa kutmang, meni saylamagansiz». Deputat Alişer Qodirov Oltinsoydagi «beboş fuqarolarni keskin jazolaş»ni talab qildi

×