“Yoş tadbirkorlar” çempionati ötkaziladi

“Yoş tadbirkorlar” çempionati ötkaziladi

Bu yildan boşlab Özbekistonda “Yoş tadbirkorlar” çempionati ötkaziladi. Eng yaxşi 100 ta ğoya tanlab olinib, har bir startap uçun 1 milliard sömgaça investitsiya kiritiladi. Bu haqda bugun, 20 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, bu loyihalarni brendga aylantiriş uçun moliyaviy va marketing xizmatlari böyiça ekspertlarning xarajatlari qoplab beriladi.

“Ğoliblarni 20 avgust – Tadbirkorlar kunida taqdirlasak, öylaymanki, yoş tadbirkorlarga bu ham katta motivatsiya böladi”, dedi davlat rahbari.

Maʼlum qilinişiça, bugungi kunda Özbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanarli bölgan.

“Eʼtibor bering, yetti oyni özida startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar xorijiy investitsiya keldi. Bu 2024 yil davomida kirgan sarmoyalardan 4 barobar köp. Şu bois startaplarni qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarni yanada jonlantiramiz”, dedi Mirziyoyev.

Yoşlarning mingta startap ğoyasi tijoratlaştiriladi va şundan 200 tasi xalqaro bozorga olib çiqiladi. Eng ilğor texnologiyalar olib kelinib, 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi. Bunga 100 million dollar beriladi.


×