Namangan viloyati Davlat soliq boşqarmasi xodimlari iştirokida “Yangi Özbekistonning 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasi” va “Fuqarolar va tadbirkorlar maʼmuriy sud himoyasida” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Tadbirda viloyat sudining sudyalari Q.Tajimatov va U.Nişonovalar öz maʼruzasida Muhtaram Prezidentimizning “Yangi Özbekistonning 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasi töğrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati va farmonda belgilangan ustivor yönalişlar, xususan, Taraqqiyot strategiyasida adolat va qonun ustuvorligini taʼminlaş böyiça belgilangan vazifalar, şuningdek, soliq qonunçiligiga kiritilayotgan özgartirişlar va ularni amaliyotga töğri qöllaş xususida töxtalib ötişdi.
Şundan söng, Namangan tumanlararo sudining raisi O.Ziyavitdinov maʼmuriy sudlarning fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklaş va himoya qilişdagi vazifalari, xususan, soliq organlari mansabdor şaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari bilan boğliq nizolarni körib çiqiş tahlili va soliq organlari tomonidan yöl qöyilgan kamçiliklar, sud tomonidan çiqarilgan xususiy ajrimlarni muhokama qilib ötdi.
Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi N.Tojiyeva öz maʼruzasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinganligini, qarorga muvofiq, korruptsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimi joriy etilganligi va bu 2022 yil 1 fevraldan boşlab eksperiment tariqasida Davlat soliq qömitasida ham joriy etilişini taʼkidlab ötdi.
Seminar savol javoblar bilan yakunlandi.
Faxriddin Madraximov,
Namangan tumanlararo maʼmuriy sudining sudyasi









