Prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti boşlandi

Prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti boşlandi

Bugun, 20 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti boşlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov maʼlum qildi.

“Bugun şuni faxr bilan ayta olamizki, yurtimizda yaratilayotgan har bir iş örni, qad kötarayotgan har bir korxona, xalqimiz oğirini yengil qilayotgan har bir xizmat, eksport bölayotgan har bir mahsulot – sizning jasorat bilan qilayotgan mehnatingiz, taşabbus va izlanişingiz mahsulidir”, dedi davlat rahbari sözining avvalida.

Bildirilişiça, bugungi tadbir şunçaki anjuman emas, davlat va biznes örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaşga xizmat qiladigan jonli va samimiy muloqot maydoni ekani taʼkidlangan.

“Har bir soha, har bir hudud, har bir mahalla – faqat tadbirkor harakat qilganida, ularga quloq tutib, işonç bildirilganida rivojlanadi, obod böladi.
Şu bois, bugun sizlarni eşitamiz. Sizning ovozingiz orqali hal qilinadigan masalalarni birgalikda muhokama qilib, ularga aniq yeçimlar haqida kelişib olamiz”, dedi Prezident.

Eslatib ötamiz, 18 avgust kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida farmon imzolagandi. 


×