Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2021 yil 20 avgustda tadbirkorlar bilan ötkazgan ilk oçiq muloqotidan buyon şu kungaça tadbirkorlarning mingga yaqin taşabbusi qonunçilikda öz aksini topdi. Bu haqda bugun, 20 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida maʼlum qilindi.
Davlat rahbari bu galgi uçraşuv ulkan bunyodkorlik işlari boşlangan Yangi Toşkentda ötayotganida ramziy maʼno borligini taʼkidladi.
“Uşbu megaloyiha islohotlarimiz hayotda qanday aks etayotganining yaqqol isboti, yangilaniş va taraqqiyot yölidagi dadil qadamlarimizning yorqin timsoli böladi.
Siz tadbirkorlar uçun Yangi Toşkent – yangi imkoniyatlar, yangi ğoyalar va yangi bozorlar maydoniga, innovatsiyalar va investitsiyalar markaziga aylanadi.
Bu yerdagi töliq “yaşil” texnologiyalarga asoslangan eng zamonaviy infratuzilma sizlarning yangi-yangi ğoya va taşabbuslaringiz uçun xizmat qiladi.
Şuni bilingki, Yangi Toşkent darvozalari biznes qilaman, degan barça tadbirkorlar uçun hamişa oçiq böladi”, dedi Prezident.
Maʼlum bölişiça, bugungi oçiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan alohida-alohida uçraşuvlar ötkazilgan. “Koll-markaz” orqali ham 13 mingdan ziyod murojaat va taşabbuslar kelib tuşgan. Hozirgi murakkab şaroitda har bir kun muhimligini inobatga olib, oçiq muloqotni kutib ötirmasdan, meva-sabzavot eksporti va töqimaçilikda töplanib qolgan muammolarga yeçim topib berilgan.
Şuningdek, ötgan haftada biznesni “soyadan” çiqarişni rağbatlantiriş böyiça ham tadbirkorlarga yanada qulay şaroitlarni nazarda tutgan katta yangiliklar eʼlon qilindi. Jumladan, işini kiçik loyihadan boşlab, biznesda tajriba va malaka töplagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga kömak berib, ularni 50-100 nafar odam işlaydigan baquvvat korxonalar sohibiga aylantiriş maqsadida YATT va özini özi band qilgan şaxslar uçun 2030 yilgaça maxsus huquqiy rejim joriy etildi.
Endi bunday tadbirkorlar uçun röyxatdan ötişdan tortib hisobot topşirişgaça bölgan barça xizmatlarni jamlagan raqamli platformalar yaratiladi. Bunda tadbirkorlar kerakli hujjatlarni masofaviy biometriya va “SMS xabarnoma” orqali elektron kalitsiz imzolaşi mumkin. Işçilarga elektron hamyon orqali “kunbay”, “soatbay” maoş tölaş imkoniyati yaratiladi.









