Avvalroq Sirdaryo viloyati hokimligi 477,9 mln sömga KIA Sorento Comfort avtomobilini xarid qilgani haqida xabar bergan edik.
Viloyat hokimligi holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgani sabab avtomobil yetkazib beriş töğrisida kompaniya bilan tuzilgan şartnomani bekor qildi.
“Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölib, tarmoq faollari öz qaraşlarini bayon etdi. Keng jamoatçilikning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda hokimlik hamda avtomobil yetkazib beruvçi avtosalon örtasida tuzilgan şartnoma bekor qilindi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Qayd etilişiça, mazkur mablağlar mahalliy byudjetga tiklangan holda viloyatdagi ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi bor, boquvçisini yöqotgan oilalarni yanada qöllab-quvvatlaş uçun “Saxovat va kömak” jamğarmasiga yönaltirilgan.









