Zelenskiy bugun Oq uyda hammasiga nuqta qöyişi mumkin

Zelenskiy bugun Oq uyda hammasiga nuqta qöyişi mumkin

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qöşma Ştatlarida. U bir neça soatlardan söng Donald Tramp bilan uçraşadi. Taxminlarga köra, bu uçraşuv köp narsalarni özgartirişi mumkin va avvalroq Donald Tramp qayd etganidek, barçasi Zelenskiyga boğliq. U yaqin soatlarda hammasiga yakun yasovçi qarorni qabul qilişi yoki aksinça Ukraina hududiy yaxlitligi uçun kuraşişda davom etişi mumkin. Çunki Tramp va Putin istayayotgan taklifga köniş juda oğriqli ekani köpçilikka maʼlum. Negaki bugun Oq uyda Ukraina rahbariga beriladigan takliflarning baʼzilari deyarli aniq. Bular Donbassni Rossiyaga topşiriş, Zaporoje va Xersonning bosib olingan yerlaridan voz keçiş, NATOga aʼzo bölmaslik kabi oldindan taxmin qilingan şartlardir. Buning evaziga esa Rossiya bosqini töxtaydi va Ukrainaga NATOning 5-moddasida belgilangan xavfsizlik kafolati taqdim qilinişi mumkin.

Ammo “Reuters”ga köra, Zelenskiy bularni rad qilgan. Umuman olganda esa u bir neça kun oldin Ukraina yerlari xususiy mulk emasligini aytib, uni bosqinçilarga umuman berib qöymasligini taʼkidgandi. Biroq Ukraina Prezidenti AQŞga keliş arafasida Tramp öziga tegişli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Zelenskiy bitim tuzişga majburligiga işora qildi. U agar Ukraina Prezidenti istasa, zudlik bilan uruşni tugatişi mumkin”, deya yozib qoldirdi. Şuningdek, Tramp Qrimning endi Ukraina tarkibiga qaytmasligi va Kiyev NATO aʼzosi bölmasligini ham qöşimça qildi.

AQŞ Prezidenti Alyaskadayoq Zelenskiyga bitim tuzişi lozimligini uqtirişni boşlagandi. U buni “Fox News”ga bergan intervyusida ham taʼkidlab ötgandi. Alyaskadan ortga qaytişda samolyotda ikki örtada keçgan telefon muloqoti tafsilotlari esa nomaʼlum. Ammo barçasi bugun oçiqlanadi.

Xabarlarga köra, AQŞ Prezidenti Donald Trampning Zelenskiy va boşqa Yevropa yetakçilari bilan uçraşuvlar jadvali juda tiğiz. Jumladan, Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da Yevropa yetakçilari Oq uyga yetib borişi aytilmoqda. Ammo AQŞ rahbari birinçi bölib 22:00 da Zelenskiyni qarşi oladi va ular örtasidagi uçraşuv 15 daqiqa ötib boşlanadi. 23:15 da esa Tramp Yevropa Ittifoqi yetakçilarini qabul qiladi. Ularning uçraşuvi esa juda qisqa bölişi kutilmoqda. Çunki Tramp Yevropa rahbarlari bilan 40–45 daqiqa gaplaşgandan söng, Toşkent vaqti bilan 19 avgustga ötar keçasi 00:00 da nihoyat barça qatnaşadigan umumiy uçraşuv boşlanadi.

Yuqorida qayd etilgan 2–3 soatlik muzokaralarda Ukraina taqdiri hal etilişi mumkin. Bu şu uçraşuvlarda amalga oşiş ehtimoli yöq emas. Ammo yakuniy qarorni baribir Zelenskiy qabul qiladi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va AQŞ Prezidenti Donald Tramp aynan şu qarorni kutmoqda. Umuman olganda juda köp masalalarning yeçimi aynan Zelenskiyning Oq uydagi qarorini kutmoqda. Ammo açinarlisi şundaki, har qanday qaror ham Ukraina uçun oğriqli bölişi mumkin. Rossiyaning şartlari deya taʼkidlangan yuqorida sanab ötilgan kapitulyatsiyaga köniş yoki qarşilikni davom ettiriş – ikki holatda ham Ukraina yöqotişlarga uçraşi tayin. Ammo Zelenskiy bugun qaror qabul qilişga majbur.


×