Deputatlikka nomzod bloger Nozim Safarining qölini tişlab olişdi

Deputatlikka nomzod bloger Nozim Safarining qölini tişlab olişdi

Toşkent şahar, Sergeli tumanidagi 426-saylov uçastkasida öqituvçi deputatlikka nomzodning qölini tişlab olgani aytilmoqda. Bu haqda jabrlanuvçi sifatida Nozim Safarov özining telegram-kanalida xabar qilib ötgan.

«Öqituvçilardan könglim qoldi. Hammasidan emas.

Deputatlikka nomzodimni aslida yutişga umid qilmasdan qöygandim. Men öyinlar bölişini bilgandim. Lekin bunçalik emas.

Şarafsizlar öqituvçilarni total ekspluatatsiya qilib, xohlagan işlarini qilişdi. Hatto şunçalikki öqituvçilardan biri qölimni tişlab oldi.

Saylov yakunida hammasi sanalganidan söng protokolni töldiriş uçun alohida xonaga kirib ketişdi. Içkaridan eşik qulflangan. Barça kuzatuvçilar taşqarida. Içkarida nima qilişdi bilmadimu lekin «Adolat»ga berilgan ovoz qoğozlari saylov jarayonida hammasidan kattaroq toğni hosil qilgan edi.

Vakolatim doirasida protokolni kuzatuvçilar oldida töldirişni sörab qulf eşikni taqillattim. Ijroning şarafsiz vakili total ekspluatatsiyasi qurbonlaridan biri, ziyoli öqituvçi qölimni tişlaşgaça bordi. Men şunçaki protokolni qonun doirasida kuzatuvçilar köz öngida töldirişni söragan edim.

Öqituvçilardan ham şarafsizlardan ham könglim maksimum qoldi. Şu deputatlik sizlarning odamlaringizga nasib qilaversin. Pişirib yenglar. Sizlarga «podarka» şu. Men bu tizimdan qölimni yuvdim.

Bu yaxşi tajriba. Romantika va yolğon illyuziyalarga berilişdan çeklaydi. Hammaga raxmat. Ayniqsa Sergeli tuman hokimiga. Hamma öyin tuman kengaşi uçun böldi. Yagona savolim:

Baxtiyor Abduvoxidoviç, tunlari qanday uxlaysiz?» — deya yozadi Nozim Safarov

×