Olti yoşli bolani urib ketib, unga yordam körsatmasdan ketib yuborgan deputat Sergey Mamontovni «Yedinaya Rossiya» partiyasi öz safidan şarmandalarça çiqarib taşlaydi.
Rossiyaning Novosibirsk viloyati Tatarskiy okrugi deputatlari kengaşi aʼzosi Sergey Mamontov partiyadan haydaladi. Bu haqda partiyaning viloyat ijroiya qömitasi rahbari Yuliya Şvets maʼlum qildi.
«Mamontovning qilmişi hayrat va nafrat uyğotadi. Bolani bosib ötgan va yordamsiz yölda qoldirib ketgan şaxsni hatto odam deb ataş qiyin», deydi Şvets.
Şuningdek, u partiya tomonidan jarohatlangan bola va uning oilasiga barça zarur yordam körsatilişiga vaʼda bergan.
Tarqalgan videoda deputat bolani urib yuborib, YTH sodir etgan joydan qoçib ketgani aks etgan.









