Joriy yilning 1 sentyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqörğon tumanida yuz bergan yöl-transport hodisasi natijasida 12 yaşar bola ayançli tarzda halok böldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
YTH soat 16:30 larda tumandagi “Madaniyat” MFY “Çorvador” fermer xöjaligi xududida sodir bölgan. Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1991 yilda tuğilgan fuqaro Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1976 yilda tuğilgan fuqaroga tegişli bölgan piyoz ekilgan yer maydonidan öziga tegişli bölgan "Zil-130" rusumli avtomaşinaga piyoz yuklab, orqaga harakatlanayotgan bölgan.
Şu vaqtda u harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, avtomaşina orqa tomonida turgan, Kosonsoy tumanida yaşagan, 2008 yilda tuğilgan 12 yoşli bolani avtomaşinaning orqa öng balloni bilan bosib ketgan.
Natijada, jabrlanuvçi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Uşbu holat böyiça tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.









