Yirik maʼrifatparvar Jöra Bötaköz 99 yoşida vafot etdi

Yirik maʼrifatparvar Jöra Bötaköz 99 yoşida vafot etdi

Keça, 7 avgust kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, özbek maʼrifatparvari, yozuvçi Jöra Bötaköz 99 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi xabar berdi. 

U 1926 yilda Andijon şahrida tuğilib, 1930 yillarda oilasi bilan Tojikistonga, 1935-1936 yillarda esa Afğonistonga köçib ketgan. Uning umri deyarli sargardonlikda ötgan. Yozuvçi dunyoning Pokiston, Turkiya, Amerika Qöşma Ştatlari kabi davlatlarida ham yaşagan.

1950 yillarda Pokistonda yaşab yurgan paytlarida urdu tilini örganiş uçun har kuni gazeta öqigan. Jöra Bötaköz 5 ta tilda erkin sözlaşa olgan. 

U özbek kitobxonlariga ulkan yodgorliklar qoldirgan. Masalan, öz mehmonxonasini sotib, Abdulla Qodiriy romanlarini çop ettirgan. Marhum “Ötkan kunlar” romanini 1961 yilda Pokistonda çop ettirib, muhojir vatandoşlarga tekin tarqatgan. 

Özbek adibi Tohir Malikning “Şaytanat” asarida xorijdagi özbeklar uçun “Ötgan kunlar” romanini naşrdan çiqargan millatparvar kişi Jöraqori Bötaköz nomi tilga olinadi. U “Bötaköznoma”,“Ona tilimni deb”, “Bulujuston esdaliklari” va boşqa asarlarining muallifi ham sanaladi. 

Jöraqori Bötaköz Sovet davrida xorijdan Özbekistonga qayta olgan sanoqli şaxslardan biri. U 1960 yillar oxirida Özbekistonda kelgaç, qaytib xorijga çiqişiga ruxsat berilmaydi.

Jöraqori Bötaköz mustaqillikni Özbekistonda kutib oliş şarafiga ham muyassar bölgan.

“Ozodligimizning muborak bayroği kötarilayotganda öşa yerda yiğlab turdim. Şu lutfga sazovor bölganlardan, iştirok etganlardan biri böliş şarafiga loyiq böldim”, degan u intervyularining birida. 

Marhumning janozasi bugun, 8 avgust kuni Toşkent şahridagi Abdulla Qodiriy uy-muzeyida bölib ötgan.


Teglar:
×