Yerni Oydan turib suratga olgan fazogir 90 yoşida aviahalokatda vafot etdi

Yerni Oydan turib suratga olgan fazogir 90 yoşida aviahalokatda vafot etdi

Yerni kosmosdan turib olgan surati bilan dunyoga tanilgan amerikalik isteʼfodagi general-mayor, Apollon 8 ekipaj aʼzolaridan biri Uilyam Anders samolyot halokatida halok böldi. Bu haqda “Fox News” naşri xabar berdi.


Qayd etilişiça, hodisa Vaşington ştatidagi San-Xuan orollarida Kanada çegarasiga yaqin joyda sodir bölgan. Samolyotni Andersning özi boşqargan. 90 yoşli uçuvçi halqa yasamoqçi bölgan, biroq qurilma boşqaruvini yöqotgan, şundan söng samolyot suvga tuşib, çökib ketgan.

Mahalliy şerifning aytişiça, samolyot eski model bölgan va samolyot bortida uçuvçidan boşqa heç kim bölmagan.

Maʼlumot uçun, Anders 1968 yil 24 dekabrda Oy orbitasida bölganida Yer suratini olgan. Şuningdek, Uilyam Apollon 8 ekipaj döstlari bilan birga, Oyga sayohat qilgan birinçi odamlardan biri. “Foundation” veb-saytiga köra, uning Oyda "Anders krateri" deb nomlangan krateri ham mavjud.


Teglar:
×