Namanganlik maşhur novvoy 63 yoşida vafot etdi

Namanganlik maşhur novvoy 63 yoşida vafot etdi

Xalq orasida «Dilmurod patir» nomi bilan maşhur bölgan namanganlik Murodjon Siddiqov 63 yoşida vafot etdi.

Murodjon Siddiqov novvoylik faoliyatini 18 yoşidan boşlagan. 1992 yili özi tuğilib-ösgan Pop tumanining Ğurumsaroy qişloğida patir bozoriga asos solgan.

«Dilmurod patir» nomi muhrlangan nonlar nafaqat Özbekiston, balki Janubiy Koreya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Yangi Zelandiya, Turkiya kabi davlatlarda ham brendga aylanib ulgurgan. Ayni paytda bu brend ostida bir kunda 70-80 qop undan yopilgan nonlar sotuvga çiqariladi.

Yaqinda Murodjon Siddiqov ehtiyojmand oilalarga beminnat körsatgan yordami uçun Prezident farmoni bilan taʼsis etilgan «Mehr-saxovat» kökrak nişoni bilan taqdirlangandi.

×