U haqiqatan ham har qanday ayol orzu qiladigan hamma narsaga ega edi. Erkaklarni aqldan ozdiradigan gözallik, pul, haşamat – eng qimmat va nafis zargarlik buyumlarining çeksiz miqdori, barça-barçasi bor edi. Va eng qiziği butun dunyoni uning oyoqlari ostiga qöyişga tayyor bölgan erkaklar. Yana ikkita orol va ikkita pantera. Lekin bu tökinlik, farovonlik, boylik uni baxtli qila oldimi?
Nina Şeyla Dayer 1930 yilda tuğilgan. Uning otasi Tseylonda (Şri-Lanka) çoy plantatsiyalariga ega edi. Juda çiroyli közlari, mağrurligi va jasurligi bilan har qanday erkakni gipnoz qila olar edi.
Nina Şeylaning bolaligi orolda ötdi va yigirma yoşida dunyoni zabt etişga kirişdi. Avval Liverpulga, keyin Londonga va keyin Parijga yöl oldi.
Aynan öşa yerda uni maşhur Per Balmen payqadi – uni modalar uyi yonida turib, muzqaymoq yeb, deraza vitrinasiga qarab turganida kördi.
Tez orada u supermodelga aylandi. Ijtimoiy tadbirlar, jurnallar, şoular, yaxtalar, ziyofatlar... Ammo u tez orada bu kasbidan zerikdi, aktrisa bölişni xohladi.
Qiz kinoni orzu qilardi, ammo... u turmuşga çiqdi. Uning tanlagani 32 yoşli baron Xans Geynrix Tissen-Bornemiss öşa davrning deyarli eng boy odami edi. Töy 1954 yilda bölib ötdi.
Töğri, töydan oldingi dastlabki ikki yil davomida Nina Şeyla şunçaki uning xuştori edi. Sababi u tanlagan erkak Germaniyaning hukmron knyazlarining juda qadimiy oilasidan bölgan haqiqiy avstriyalik malika Tereza Lippe-Vaynfeld qonuniy turmuş örtoği edi.
Maʼlumotlarga qaraganda, baron Ninani öziga maʼşuqa bölişni taklif qilganda, u qatʼiyat bilan söradi: «Buning evaziga men nima olaman?»
Va tabiiyki öz davrining deyarli eng boy odami, xasislik qilmadi. U ayolni çeksiz sovğalar bilan siyladi: eng qimmat möynalar, eng qimmat taqinçoqlar, eng qimmat maşinalar... Va sovğalar orasida Yamayka qirğoqlari yaqinidagi Pelev oroli va ikkita pantera ham bor. U bu yovvoyi muşuklarni şu qadar yaxşi körganki, hatto panteralarning şakli tuşirilgan brilliant taqinçoqlarga ham ega bölgan.

Qiz orolda kulba qurib, u yerda istagança yaşadi, çömildi. Va Dolli va Elizabet – panteralari uning sodiq hamrohlariga aylandi – hamma joyda jonzotlari bilan birga yurdi.
Va şunga qaramay, tez orada bu ham unga yetarli emasdek tuyuldi, Nina qonuniy xotin bölişni xohladi. Baron böysundi. Çunki erkak Nina Şeylani deb aqldan ozgan va hamma narsaga tayyor edi. Biroq, Nina Dayer köp ötmay oila riştalarini uzib taşladi. Aslida Geynrix Tissenning oilaviy hayoti qizni uçratmasdan oldin ham unçalik omadli emas edi. Aytişlariça birinçi xotini – juda qadimiy knyazlar oilasidan bölgan avstriyalik malika kelib çiqişini eslatib doimo uni kamsitgan.
Buni qarangki, şunça iltifot va eʼtiborga qaramay töydan uç oy ötgaç Nina Şeyla ham uni doğda qoldirdi –xotini unga yoş aktyor Jan-Klod Brali bilan xiyonat qilayotganini sezib qoldi.
Körib turganingizdek, hatto köp pul ham oilaviy baxtni kafolatlamaydi.
Bizning hikoyamiz qahramoni juda yaxşi meros bilan ajraşdi: 2,8 million dollar, Frantsiya janubidagi qalʼa, eri sovğa qilgan barça zargarlik buyumlari va orol. Uning munosabatlari aktyor bilan ham uzoqqa çözilmadi.
Ajralişlardan söng, Nina bir munça vaqt yolğiz qolişni xohlayotganini eʼlon qildi. Ammo... 1957 yilda u yana 24 yoşli şahzoda Sadruddin Oğaxonga turmuşga çiqdi.
Birinçi eri singari, şahzoda ham Nina tufayli aqldan ozgan. Ayolga uylaniş uçun u oilasiga, hammaga qarşi çiqdi. Nina öz navbatida islomni qabul qilib, öziga Şirin deb ism qöydi. Yangi turmuş örtoği muhim lavozimlarni egallagan edi: u diplomat va BMTning qoçqinlar böyiça vakolatli xodimi bölgan. Nina esa uysiz hayvonlarga yordam berişdan zavqlangan.
Şahzoda Sadruddin ham unga har xil qimmatbaho sovğalar yoğdirdi, undan taşqari xotiniga yana boşqa bir orolni berdi. Va bu nikoh ham uzoqqa bormadi – 1962 yilda ular ajraşişdi.
Aytişlariça, juftlikning ajralişiga köylak sabab bölgan. Bir juma kuni butun oila, jumladan, erning ota-onasi, amakilari va ularning xotinlari – barça qarindoşlar keçki ovqatga yiğilişdi. Nina dasturxon boşiga juda oçiq-soçiq libosda keldi. Buni körgan ayollar baqirib yuborişdi. Erkaklar uni u yerdan sudrab olib çiqişga şoşilişdi. Baxtsiz er esa qöllari bilan közlarini tösib ötirdi. Şundan söng darhol ajraliş sodir böldi. Darğazab şahzoda ğazab bilan dedi:
– Sening joying örmonda, yovvoyi maymunlar orasida!
Şu yerda ertak tugaydi. Ajralişdan keyin Nina Parijga borib, aktrisa bölişga harakat qildi. Lekin Parijda uni hurmat-eʼtibor bilan kutib olişmadi, hatto uning ustidan kulişdi va u bunga örganmagan edi. U öziga mos kelmaydigan narsalarga umuman örganmagan edi. Hamma narsa har doim öz-özidan sodir bölgan, hamma narsaga heç qanday kuç va harakat qilmasdan erişgan. Darhaqiqat, bu uning hayotidagi birinçi muvaffaqiyatsizlik edi.
Şundan söng ayol özini yolğizlikka mahkum qildi. U qarovsiz itlarga ğamxörlik qila boşladi. Zargarlik taqinçoqlarini panteralarining böyniga taqib qöydi. U spirtli içimliklar va kokainga qaram bölib qoldi. Baʼzan ayol mahalliy klublarga çiqib, huşidan ketguniça mast bölar, uni qöriqçisi uyiga olib kelib taşlardi.
Va bir kuni hammasi ayançli tugadi – u yotoqxonasidan ölik holda topilgan, qonida spirtli içimliklar va katta dozadagi uyqu tabletkalari topilgan. Nina Dayer endigina 35 yoşda edi. Ölimning sababi depressiya tufayli öz joniga qasd qiliş, deb taxmin qilindi. Töğri, uning boyliklarini öğirlaş uçun uxlatuvçi dori berib öldirişgan bölişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqaldi. Lekin bu endi muhim emas.
Bir narsa aniq. U orzu qilgan hamma narsaga ega edi, lekin bu boylik va haşamat uni baxtli qilmadi. Özi aytganidek: «Şunday böldiki, buyuk narsalar mening kundalik hayotimga aylandi»...









