Britaniyada gapiradigan töti narkosavdogarlarni tutişda politsiyaga yordam berdi

Britaniyada gapiradigan töti narkosavdogarlarni tutişda politsiyaga yordam berdi

Buyuk Britaniyada gapiradigan töti politsiyaga narkobanda faoliyatini foş qilişda yordam berdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

“Mango” laqabli uşbu töti narkotik savdogarlari yetakçisining tanişiga tegişli bölgan. U jinoyatçilar narkotik savdosida işlatadigan iboralarni, jumladan “ikki dona 25 ga” degan söz birikmasini yod olgan.

Politsiya Blekpul şahrida reyd ötkazib, katta miqdorda geroin va kokain musodara qilgan. Şu bilan birga, ular tötini ham topgan. Suriştiruvlar davomida aniqlanişiça, 35 yoşli Adam Garnett 2023 yildan 2024 yilgaça qamoqdan turib butun jinoyat tarmoğini boşqargan. Uning telefonida narkotik moddalar aks etgan videolar va tötining narkotikdan tuşgan pullar bilan öynayotgani hamda maxsus iboralarni aytayotgani yozib olingan videolar topilgan.

Natijada uşbu tödaga aloqador jami 15 nafar odam sudga tortilgan. Garnettga 19,5 yil qamoq jazosi qöşilgan. Töti egasi – Garnettning tanişiga esa 12 yil berilgan. Ikki nafar şerik sudga kelmagan, şuning uçun ularga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan. Tötiga esa qanday “jazo” berilgani nomaʼlum.

Qayd etiş joiz, AQŞda ham şunga öxşaş holat bölib ötgan edi. Gapiradigan töti jinoyat işining foş etilişiga sabab bölgan. 2015 yilda ayol uyida erini otib öldirgan va söngra özini ham öldirilgandek qilib körsatişga uringan. Lekin töti aytilgan gaplarni yodlab, tergovçilarga muhim dalilni yetkazib bergan.


×