Banklarda dollar kursi yana yangi rekord örnatdi

Banklarda dollar kursi yana yangi rekord örnatdi

Bugun, 12 martdan Özbekistondagi tijorat banklarida AQŞ dollarining sotuv kursi 11 050 sömgaça kötarildi. Şu tariqa mamlakatda dollar kursi tarixidagi eng yuqori körsatkiç yana yangilandi.

Ayrim tijorat banklari AQŞ dollarini 11 040-11 050 sömdan sotib, 10 970-10 980 söm oraliğida sotib olmoqda.

Maʼlumot uçun, dollarning Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kursi 14 martdan 10 998,06 sömni taşkil qilmoqda. 11 mart holatiga rasmiy kurs 10 957,36 sömga teng.

Qayd etiş kerakki, haftaning şanba kuni banklar işlamaydi. Şuning uçun köpgina banklar hozirça dollar kursini yangilamagan. Duşanba kuni deyarli barça banklarda dollar kursi 11 040-11050 söm atrofida belgilanişi ehtimoldan holi emas.

×