Oltin narxi yangi rekord örnatdi, 1 gramm oltin 113 dollarga çiqdi

Oltin narxi yangi rekord örnatdi, 1 gramm oltin 113 dollarga çiqdi

Tarixda ilk bor oltin narxi bir unsiya uçun 3200 dollardan oşdi. Çikago tovar birjasidagi (CME) savdolarda narx 1,77 foizga kötarilib, eng yuqori çöqqisida 321,6 dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

2 apreldagi savdo yakunlariga köra, oltin narxi 3166,2 dollarni taşkil etdi. Bu bir kun oldingi darajadan 0,64 foizga yuqori. Oltin bozoridagi keskin ösiş AQŞ prezidenti Donald Tramp yangi import bojlarini eʼlon qilganidan keyin kuzatildi. Özbekiston tovarlariga ham 10 foizlik boj solinmoqda. Baʼzi mamlakatlarga nisbatan bojlar miqdori esa 50 foizga yetgan.

Bu AQŞning harakatlari jahon iqtisodiyoti sekinlaşişiga sabab bölişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni keltirib çiqardi. Natijada, investorlar xavfsiz hisoblangan aktivlarga, jumladan, oltinga yönalişdi, bu esa qimmatbaho metall narxining kötarilişiga turtki böldi.

Oltin narxi böyiça prognozlar

Qimmatbaho metall qiymati 2025 yil allaqaçon 21 foizdan köproqqa oşdi. Ötgan yili oltin qiymati bir qator omillar, jumladan, qulay pul-kredit siyosati va markaziy banklarning faol xaridlari, investorlarning xavfsiz aktivlariga bölgan talabi tufayli 27 foizdan oşgandi.

Goldman Sachs kabi bir neçta yirik banklar oltinning maqsadli narxlarini yuqoriga kötardi. Goldman Sachs tahlilçilari yil oxiriga kelib oltin narxi bir unsiya uçun 3300 dollarga yetişini prognoz qilmoqda. Mutaxassislar markaziy banklar tomonidan oltinga bölgan talab ilgari prognoz qilinganidan yuqori bölişini kutmoqda.

Morgan Stanley tahlilçilari ham oltin bozoridagi ösiş hali tugamaganini va 2025 yilda oltin narxi bir unsiya uçun 3400 dollarga yetişi mumkinligini aytgan.

Teglar:
×