AQŞning Pensilvaniya ştatida yaşovçi 22 yoşli Jeykob Bakli Prezident Donald Trampga suiqasd tahdidi bilan ayblanib, qölga olindi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2025 yilning yanvar oyida Bakli TikTok ijtimoiy tarmoğida Tramp va uning tarafdorlariga qarşi tahdidli bayonotlar joylagan.
“Bro, tört kundan keyin bizda haqiqiy jinoyat böladi va men Trampni öldiraman”, degan yigit.
Mazkur iş böyiça tergovni AQŞning Maxfiy xizmati olib borgan. Jeykob Bakliga AQŞ Prezidenti hayotiga tahdid moddasiga binoan ayblov qöyilgan. Uşbu moddaga köra, maksimal jazo – beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, moliyaviy jarima va ozodlikka çiqqandan keyin nazorat ostida bölişni öz içiga oladi.
Şuningdek, şu yilning aprel oyida Viskonsin ştatida yaşovçi bir ösmir Trampga suiqasd uyuştiriş niyatida ota-onasini öldirgandi. Tergov davomida uning telefonidan natsistlar mafkurasi bilan boğliq materiallar va ommaviy qirğin quroli tayyorlaşga oid dalillar topilgan.









