Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Muxbir köçasida istiqomat qiluvçi, 1995 yil 20 fevralda tuğilgan fuqaro U.Z. qamoqqa olindi.
«7news.uz»ning işonçli manbasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, u Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,155-moddasi 1-qismi, 155- moddasi 1-qismi, 223-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari, 242-moddasi 2-qismi, 244-moddasi 1-qismi bilan ayblanmoqda.
U.Z. bir guruh şaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida iştirok etiş, qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş, terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida öquvdan ötiş, çiqiş va harakatlaniş, uyuşgan qurolli guruhda iştirok etiş hamda terrorizmga suiqasd qilişda ifodalangan jinoyatlarni qasddan quyidagi vaqt, usul va xolatlarda sodir etgan.
Z.X.U. 2015 yil 19 martda işlab daromad topiş maqsadida Turkiya davlatining Istambul şahriga borib, u yerda dökonlarda sotuvçilik bilan şuğullanib kelişi davomida, uşbu şaharda joylaşgan “Turkistan Islom harakati” XTTning Pokiston Islom Respublikasi hududidagi “Daftar” nomli bölimi rahbari – 1975 yilda Toşkent şahrida tuğilgan X.M. (laqabi “Şayx Abdullo Buxoriy”) tomonidan 2008 yilda taşkil qilingan, asosiy faoliyati talabalar ongiga “hijrat”, “jihod” va boşqa radikal islom ğoyalarini singdirib, natijada madrasa bitiruvçilarini Suriya Islom Respublikasi hududidagi terrorçilik taşkilotlari lagerlariga yuboriş bilan şuğullanib kelayotgan “Ixsan Ilm” (“Ihsan Ilmi Nizmetler ve Yardamlashma Dernegi”) madrasasiga aʼzo bölib, u yerda yaşab, işçi talaba bölib hozirgi kunda madrasaga rahbarlik qilib kelayotgan Karimullox Tangodan radikal islom ğoyalaridan dars olib kelgan.
Şuningdek, Z.X.U. “Ixsan Ilm” madrasasida diniy ilm olişi davomida öziga “Zubayr” laqabini olib, Internet jahon axborot tarmoğining turli nomdagi saytlaridan foydalangan holda Özbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabr kunidagi Qarori bilan Özbekiston Respublikasi hududida faoliyati taʼqiqlangan, terroristik taşkilot deb topilgan “Turkiston Islom Harakati” xalqaro terroristik taşkilotining “Jundulloh” studiyasi tomonidan tayyorlangan “Jumadan- jumagaça”, “Qaboilda nima gap” nomli körsatuvlarini tomoşa qilib, mazkur terroristik taşkilotning sobiq rahbari T.Yöldoşevning maʼruzalarini tinglab, mazkur studiya tarğibotçisi 26.09.1984 yilda Toşkent şahrida tuğilgan B.F. (laqabi “Nusratulloh”) bilan tanişib, uning ğoyaviy taʼsiriga tuşib, natijada mazkur taşkilot ğoyalarini qöllab-quvvatlay boşlagan.
manba: 7nevs.uz









