IŞID tarkibida jang qilmoqçi bölgan samarqandlik yigit qölga olindi

IŞID tarkibida jang qilmoqçi bölgan samarqandlik yigit qölga olindi

Past Darğom tumanida tuğilgan F.E. Suriyaga borib IŞID tarkibida jang qilmoqçi bölgan. Bu haqda Samarqand viloyati prokurorining katta yordamçisi Fayzulla Egamqulov maʼlum qildi, deyiladi everyday.uz saytida.

F.E. Rossiyaga işlaşga borgan va öşa yerda xonadoşlaridan islomiy taʼlim ola boşlagan hamda masjidlarga borib namoz öqişni ham örgangan. 

Bu yaxşa albatta, deydi prokurorining katta yordamçisi. Lekin keyinçalik u din niqobi ostida yovuzlikni tarğib qiluvçilar çangaliga tuşib qoladi. “Odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmoğida öz şaxsiy profilini oçadi. U yerda esa ekstremizm va aqidaparastlik ğoyalarini keng tarğib qiluvçi Abdulloh Zufar, Abu Umar, Iqbol kabi jami 29 profil egalari bilan döstlaşadi. Ular F.E.ning ongini zaharlab, unga ham konstitutsiyaviy tuzumni ağdariş, butun dunyoda islomiy davlat quriş ğoyasini singdira boşlaydi. F.E. uşbu ğoyalarga şunçalar singib ketganidan hatto Suriyaga borib IŞID safida jang qiliş istagida yonadi. 

Huquq-tartibot organlarining saʼy-harakati bilan u özining ğarazli maqsadlarini amalga oşirolmadi. Sud hukmiga köra, F.E. 5,5 yilga qamaldi.

×