Umrimda heç qaçon içmaganman – Tramp

Umrimda heç qaçon içmaganman – Tramp

AQŞ Prezidenti Donald Tramp butun hayoti davomida biror marta ham alkogol yoki narkotik moddalarni sinab körmaganini aytdi. Bu haqda u Britaniyaning GB News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.



“Men umrimda heç qaçon içmaganman va heç qaçon narkotik modda qabul qilmaganman”, deydi siyosatçi.

Trampning qöşimça qilişiça, u har doim farzandlariga narkotiklar, alkogol va sigaretalardan yiroq yurişni aytib keladi.

“Agar boşlamasa, uzoq davom etadigan qaramlik davri bölmaydi”, deydi u.

Maʼlumot uçun, joriy yilda Amerika Prezidenti 79 yoşga töldi. 7 oktyabr kuni u “Newsmax” telekanaliga bergan intervyusida özini 30 yil avvalgidan ança yaxşi his qilayotganini aytgan. Şu tariqa Tramp ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan oğir kasallik haqidagi fitna nazariyasiga munosabat bildirgan. Uning tarafdorlari respublikaçi bir neça kun omma oldida körinmagani va Oq uy eʼlon qilgan rejada ham uning çiqişlari körinmagani sababli bunday iddaolarni ilgari surgan edi.


×